VK:92380

Our school is not in your city
8 800 100 35 28 Kirish

Xalqaro futbol maktablari tarmog'i

Yunior

Bolalarga yoqadigan futbol 3 yoshdan 16 yoshgacha

Biz - har bir bola o ‘zini katta jamoaning bir qismi deb his qiladigan, ahil sport oilamiz. Biz bilan bolalar nafaqat jismoniy rivojlanadilar, balki boshqa odamlar bilan muloqot qilishni, shuningdek, jamoada ishlashni o ‘rganadilar.

Bepul mashg‘ulotiga yozilish
Маскот Макс
Мяч
  • 496 ta futbol maktabi
  • 138 ta shaharda
  • 59463 nafar o‘quvchi
  • O‘yin shaklida o`qitish

Maktabimiz afzalliklari

  • Qiziqish va istak uyg‘otish
    Фотография из архива школы

    Bolani futbol planshetdan qiziqarliroq ekaniga ishontirish qiyin. Ammo bizning murabbiylarimiz bolalarni qiziqtirish va ularga jismoniy faollik quvnoq va qiziqarli bo‘lishi mumkinligini ko‘rsata olishadi. Ular bolani o‘yinga qanday jalb qilishni va unga yangi ko‘nikmalarni o`zlashtirishda yordam berishning samarali usullarini yaxshi bilishadi.

  • Har kimga e’tibor berish
    Фотография из архива школы

    Futbol maktabimiz murabbiylari har bir o‘yinchining individual rivojlanishini kuzatib borishadi, ularni qiyin damlarda qo‘llab-quvvatlashadi va ular bilan birga yutuqlardan xursand bo‘lishadi. Axir biz uchun eng muhim vazifa - mashg‘ulotlarni bolalarga yoqadigan tarzda o‘tkazish.

  • Rivojlanishda yordam berish
    Фотография из архива школы

    Futbolchilarimizning ko‘zlari chaqnab turibdi, ular hayotga ilhom bilan qarashadi va sportga ishtiyoq bilan yashashadi. Здесь они учатся работать в команде и развиваются физически. Bu yerda ular jamoada ishlashni o‘rganadilar va jismoniy rivojlanadilar. Mashg‘ulotlarda umumiy qiziqishga asoslangan katta do‘stlik vujudga keladi.

‘Yunior’ murabbiylarining ishi P.F.Lesgaft nomidagi Jismoniy tarbiya, sport va salomatlik davlat universitetining metodikalari va dasturlari asosida tuzilgan.

Har bir yosh guruhidagi bolalar sportdan zavqlanib shug ‘ullanishlari va mashg ‘ulotni yaxshi kayfiyatda tark etishlari uchun, mashg ‘ulotlarning asosiy qismi o`yin shaklida o ‘tkaziladi.

Mashg‘ulot videosini tomosha qilish
Фотография с награждения

Murabbiylar tarkibi haqida«Yunior»

"Yunior" futbol maktabining barcha murabbiylari o`z ishining professionalari, maxsus ta`lim va sertifikatga ega. Murabbiylar muntazam ravishda malaka oshirishadi va har oy nazorat testlarini o`tishadi

Ota-onaning shaxsiy kabineti orqali "Yunior" FKning istalgan murabbiyining ishi bo‘yicha fikr-mulohaza yoki istaklaringizni qoldirishingiz mumkin. Sizning fikr-mulohazangizni kutib qolamiz!
Тренер

Top-10 murabbiylari «Yuniorning»

Kichkintoylardan o‘smirlargacha

Mashg‘ulotlar bolalarning yosh xususiyatlari inobatga olingan holda tuzilgan.

Подготовка к тренировке
Mashg‘ulotga tayyorgarlik
Har bir guruhga yig‘ilish, kiyinish va dam olish uchun alohida joy ajratilgan. O‘quvchilar ma’mur va murabbiy kuzatuvi ostida, mashg‘ulotlar esa aniq jadval bo‘yicha boshlanadi.
Длительность тренировки
Mashg‘ulotlar davomiyligi
Barcha guruhlarning mashg`ulot vaqti yosh xususiyatlari inobatga olingan holda tuzilgan. Har bir mashg‘ulotga qizdirish, asosiy va o‘yin qismi hamda yakuniy mashqlar kiradi.
Питьевой режим
Suv ichish tartibi
Suv muvozanati bolalar salomatligi uchun juda muhim. Har bir o‘quvchiga mashqlar orasida qisqa dam olish va suv ichish uchun vaqt ajratiladi.

Musobaqalar 5 yoshdan

Turli turnir va musobaqalarda qatnashish yosh futbolchilarni tarbiyalashning muhim qismidir.

Kichkintoylar uchun
Turli oilaviy kunlar, quvnoq startlar, sport bayramlarini tashkil qilamiz.
Kattalar guruhi uchun
Mintaqaviy va qo‘shni shaharlar jamoalari bilan musobaqalar, shuningdek filiallarimiz o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkaziladi.
Sovrinlar va mukofotlar
O‘tgan turnirlardagi yorqin xotiralardan tashqari, barcha ishtirokchilar "Yunior" futbol maktabidan estalik sovg‘alari, yorliqlar va suvenirlar olishadi.

Shaharlar jangi

Rossiyadagi eng yirik oilaviy futbol festivali. 2024 yilda "Shaharlar jangi" Rossiya va MDH davlatlarining 80 ta shahridan 332 ta jamoani birlashtirdi. Unda 5 ming nafardan ortiq yosh futbolchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi, tomoshabinlar soni esa 45 mingdan oshdi.

Videoni ko`rish

Ota-onalar doim onlayn

Farzandingizning yutuqlarini real vaqtda kuzatib boring. Futbol maktabi jadvali, murabbiylar bilan muloqot, bolalar mutaxassislari bilan vebinarlar- bularning barchasi sportchining ota-onasining shaxsiy kabinetida.

Ota-onaning shaxsiy kabineti
Mashg‘ulotlar rejasi
Jadval va mashg‘ulotlar rejasidagi o‘zgarishlarni kuzatib boring
Me’yorlar
Me’yorlarni topshirishni nazorat qiling va ko‘rsatkichlarni kuzatib boring
Sug‘urta
Sport mavsumiga sug‘urta rasmiylashtiring
Obunalar nazorati
Farzandingizning mashg‘ulotlarini bir harakat bilan to‘lang

Ota-onalar fikri

  • Review

    Natalya Sankt-Peterburg

    Kecha 4 yoshli farzandim bilan bepul mashg‘ulotda qatnashdik. Farzandim uyatchan va hamisha ham yangi guruhga birinchi martadanoq qo‘shilavermaydi. Men uning oyog‘imdan ushlab, tortinib turishini kutgan edim. Ammo bunday bo‘lmadi. U katta qiziqish va zavq bilan mashg‘ulotda shug‘ullandi. Murabbiylar har bir bolaga alohida yondashib, qo‘l berib so‘rashdi, yelkalariga qoqib qanoatlantirib qo`yishdi. Bunday e’tibor kichkintoylar uchun juda muhim! Rahmat. Biz mashg‘ulotlarga qatnaymiz.

  • Review

    Kseniya Moskva

    Men eng zo`r murabbiy Pavel Valeryevich Zykovga chuqur minnatdorchilik bildirmoqchiman. Eng ZO`R deb bemalol ayta olaman. Mashg‘ulotlar paytida qat’iy bo‘lsa ham, har doim bolalarni birinchi o‘ringa qo‘yadi, ular bilan juda e’tiborli va mehribon. Bolalar uni yarim so‘zdan tushunishadi. Shaxsan mening farzandim uchun u shubhasiz hurmatga sazovor inson. Bizning Guruhimiz unga to‘liq ishonadi va hatto tarbiya borasida ko‘p masalalarda maslahatlashadi. "Yunior" futbol maktabiga katta mamnuniyat bilan qatnaymiz. Sizga HAMMASI uchun rahmat!

  • Review

    Viktoriya Belgorod

    Haqiqatan ham yosh futbolchilar uchun juda yaxshi maktab. Kichkintoylar hamma narsani darhol eplay olmasalar ham, ular murabbiylar yordami bilan maqsadga erishishga intilishmoqda! Bolalar jamoada o‘ynashni, murabbiyni tinglashni va intizomga rioya qilishni o`zlashtirishmoqda. Shuningdek, maktab tashkilotchilariga, uch yoshli kichkintoylarga ham professional murabbiylar bilan shug‘ullanish va eng yaxshi natijalarga erishish imkoniyati yaratganlari uchun katta rahmat. Barchangizga minnatdorchilik bildiraman! Ota-onalarga kichkintoylarni aynan shu maktabga berishni maslahat beraman.

  • Review

    Yuliya Nijniy Novgorod

    "Yunior" maktabiga chuqur minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ayniqsa, murabbiylarimiz Sergey Afanasyev va Aleksandr Orlovga - sabringiz va professional mahoratingiz uchun katta rahmat! Siz hammadan zo‘rlarsiz! Shuningdek, ushbu maktabni tashkil etib, sevimli sport bilan shug‘ullanish va o‘rganish imkoniyatini yaratgan direktor Alekseyga ham katta tashakkur!

Маскот Макс
Мяч

Nega aynan gepard Maks - "Yunior" timsoli?

Maks - bejizga maktabimiz tilsimi emas. U biz kichik sportchilarimizda rivojlantiradigan barcha fazilatlarni o‘zida mujassam etadi.

Siz gepard joyidan qo`zg`alganda atigi 2 soniyada 65 km/soat tezlikka erisha olishini bilarmidingiz? Bu aql bovar qilmaydigan natija! Biz ham har bir o‘quvchimiz bilan birga shunday tezlikka erishishga intilamiz. Uning jo‘shqin yugurishi, bizga qarorlarni tez qabul qilish va dadil harakat qilish naqadar muhim ekanligini eslatib turadi.

Gepard Maks nafaqat tezkor. Shu bilan birga u kuchli, keskin va chaqqon. Aynan shu xislatlar unga raqibni osonlik bilan aldab o‘tish va istalgan masofadan gol urishga yordam beradi.

U maydonda nafaqat tezroq yugurish, balki aql va topqirlik ko‘rsatish kerakligini biladi. Hatto oldida to‘siqlar paydo bo‘lsa ham, u har qanday qiyinchilikdan yo‘l topa oladi.

"Yunior" maktabida biz Maksdan ilhomlanamiz - bolalar har bir mashg‘ulotda kuchliroq, tezroq va epchilroq bo‘lib borishadi! Kuchli iroda va muntazam mashg‘ulotlar har qanday yosh futbolchini haqiqiy chempionga aylantiradi!

Farzandingiz ham futbol maydonida “gepard” kabi bo‘lishini xohlaysizmi?

Bizning ahil sport oilamizga qo‘shiling! oilamizga qo‘shiling

  • Фотография с тренировки
  • Futbol - bu jamoa
  • Фотография с тренировки
  • Фотография с тренировки
  • #фшюниор
  • Kelajak
    shu yerdan boshlanadi
  • Фотография с тренировки
  • Фотография с тренировки
  • Agar online bo‘lmasam,
    demak, men stadiondaman
  • Фотография с тренировки
  • Фотография с тренировки
  • Yorqin lahzalar, jamoaviy ruhiyat!
  • Фотография с тренировки
  • Фотография с тренировки
  • Фотография с тренировки

Ko‘p beriladigan savollar

    1. Futbol, har qanday sport turi va jismoniy faoliyat kabi, kichik jarohatlar, ko‘karishlar va tirnalishlar xavfini o‘z ichiga oladi. Biroq, mashg‘ulot jarayonidagi muntazam xatolar tufayli yuzaga keladigan jarohatlar ancha katta xavf tug‘diradi. Aynan shuning uchun bizning metodikalarimiz Lesgaft nomidagi Jismoniy tarbiya va sport instituti mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan, barcha mashg‘ulotlar faqat shug‘ullanuvchilarning yoshiga mos keladigan xavfsiz mashqlardan iborat, bizning murabbiylarimizni esa Rossiya terma jamoasining bosh shifokori Eduard Bezuglov kabi tajribali mutaxassislar ko‘rsatmalar berishadi.

      Ish boshlashdan oldin barcha murabbiylarimiz birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo`riqnomadan o‘tishadi, mashg‘ulotlar davomida esa ma’muriyat hodimida kerakli dorilar qutisi bor. Farzandingizning xavfsizligi va salomatligi ta`minlash, bizning asosiy ustuvor vazifamiz bo‘lib, mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilarni imkon qadar jarohatlardan himoya qilishga yo`naltirilgan.

    2. Har bir filialimiz o`zining mashg‘ulotlar jadvaliga ega. Mashg‘ulotlar jadvalini 8-800-100-35-28 bepul raqami oraqali, yoki bizning saytimizda ariza qoldirib bilishingiz mumkin. Farzandingiz mashg‘ulotlarga qatnashishni boshlaganida, sizga shaxsiy kabinetga kirish imkoniyati taqdim etiladi, u yerdan doimo jadvalni ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.

    3. "Yunior" futbol maktabimiz tarmog‘larida, maxsus o‘quv kurslaridan o`tgan 1000 dan ortiq murabbiylar faoliyat yuritishadi

    1. Bolalarga futbol bilan shug‘ullanish maroqli o`tishi uchun, uning tashqi ko‘rinishi va formasi mashg‘ulotga mos bo`lishi muhum ahamiyatga ega. Biz ota-onalarga yengil, tagi tekis bo`lgan sport poyabzali (krossovka, kedalar), hamda nafas oluvchi matodan tikilgan shortik va yengil futbolkani tanlashni tavsiya qilamiz. Bundan tashqari, ota-onalar o‘z farzandlari uchun, "Yunior" maktabining istalgan raqam va oquvchining familiyasi tushurilgan maxsus unifirmasini buyurtma qilishlari mumkin.

    2. Mashg‘ulotlar qayerda o‘tkazilishiga qarab, ota-onalar mashg‘ulotlarda qatnashish va farzandlarinign qanday shug‘ullanayotganini shaxsan kuzatish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari, mashg‘ulotlar tugagandan so‘ng, ota-onalar murabbiydan ularni qiziqtirayotgan barcha savollarni to’g’ridan to’g’ri berishlari mumkin.

    3. Albatta, farzandingiz musobaqalarda belgilangan saralash talablariga javob bersa, turnirlarda ishtirok etishi mumkin! Maktablarda muntazam ravishda turli musobaqalar va turnirlar o’tkaziladi. Bu bolalar uchun o‘z qobiliyatlarini namoyon etish, jamoada ishlashni o‘rganish va o‘ziga ishonchini mustahkamlash uchun ajoyib imkoniyatdir.

Bepul mashg‘ulotga yozilish

Ariza qoldirish

Junior Yangiliklari

Ko'proq yangiliklar

International Spartak Junior Cup facts and figures

Ko'proq o'qing...

The first Junior school opened in Pataudi, India!

Ko'proq o'qing...

Opening of the Junior in Vietnam

Ko'proq o'qing...

The Sport Tracker will be in operation on the final games of the tournament in Turkey

Ko'proq o'qing...